Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Eng iste`dodli italiyalik - Adriano Chelentano 80 yoshda (fotojamlanma)

80 yil avval, 1938 yilning 6 yanvarida bir necha avlodning sevimli kumiri, italiyalik aktyor, qo'shiqchi, kinorejissyor va bastakor, ovozi va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi Adriano Chelentano dunyoga keldi. Milan va San-Remodagi festivallarda ilk g'alabalar, xit-paradlardagi yuqori o'rinlar, plastinkalar, tinimsiz mehnat yillari va jahon ahli e`tirofi — Chelentano Italiya musiqasini yangi bosqichga ko'targan mashhur estrada qo'shiqchisiga aylandi. 

Aktyor-Chelentanoning hisobidan 40dan ortiq filmlar o'rin olgan. U 70-80-yillardagi komediyalar orqali tomoshabinlar qalbidan bir umrlik joy oldi. Chelentanoning kinodagi ilk muvaffaqiyati 1959 yilda namoyish etilgan "Bolalar va musiqiy avtomat" kartinasi bo'ldi. Uning boshqa mashhur ishlari orasida "Devona oshiq" (1981), "Bingo-Bongo" (1982) va albatta, "Qaysarning quyilishi" (1980). Italiyalik artist va musiqachining suratlari uning 80 yoshligiga bag'ishlangan fotojamlanmasida. 

Adriano Chelentano "Qaysarning quyilishi" filmida (1980), 1980 va 1959 yilda

Ornella Muti va Adriano Chelentano "Devona oshiq" filmida (1981)

Adriano Chelentano "Tuz" filmida (1981)

Adriano Chelentano 24000 Baci kompozitsiyasi ijrosi vaqtida (1961)

Entoni Kuinn va Adriano Chelentano "Safsata" filmida (1976) 

Adriano Chelentano va suratkashlar Rimda, 1997 yil

Adriano Chelentano va uning turmush o'rtog'i Klaudiya Mori, 1977 yil

Adriano Chelentano va uning turmush o'rtog'i Klaudiya Mori Venetsiya kinofestivalida, 2008 yil

Adriano Chelentano, arxiv surat

Adriano Chelentano Federiko Fellinining "Shirin hayot" filmida rok qo'shiqchi rolida (1960)

Adriano Chelentano va Renato Potstsetto "U mendan-da yomon" filmida (1985)

Adriano Chelentano rassom Zurab Tseretelining Moskvadagi uyida mehmonda, 1987 yil

Adriano Chelentano "Joan Luy" filmida (1985)

Adriano Chelentano "Joan Luy" filmi s`yomkalarida (1985)

Italiyalik qo'shiqchi va aktyor Andriano Chelentano Moskvaga yetib kelgandan so'ng intervyu bermoqda, 1987 yil

Adriano Chelentano Fiat 500'da, 1975 yil

Adriano Chelentano, 1959 yil

Adriano Chelentano "U mendan-da yomon" filmida (1985)

Italiyalik rejissyor Ermanno Olmi va aktyor Adriano Chelentano Venetsiya kinofestivalida "Oltin arslon" mukofoti bilan, 2008 yil

«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Eng istedodli italiyalik - Adriano

Похожие новости

    Реклама
    Популярные клипы
    Опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 16