Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
Реклама
» Burak Ozchivit (Kamol Soydere) hayoti, ijodi va biografiyasi (Sevgi iztirobi seriali)
Burak Ozchivit biografiyasi

Turkcha haqiqiy ismi: Burak Ozcivit 
Tug'ilgan vaqti: 24 dekabr, 1984-yil (2017-yil, 32 yoshda) 
Tug'ilgan joyi: Istambul, Turkiya 
Fuqoroligi: Turkiya
Kasbi: Aktyor, Model 
Karyerasi: 2003—2007 (model) 
2006 — hozirda (aktyor) 
Mukofoti: Turkiyaning eng zo'r modeli (2003) 
IMDb: ID 2704629 

Burak Ozchivit hayoti va karyerasi

2003-yildan 2007-yilgacha modellash ishlarida ishladi. 2003 yilda "Turkiyaning eng yaxshi modeli" mukofotiga sazovor bo'ldi. "Marie Claire" hamda "Gloria Magazine" moda jurnallari uchun sur'atga tushdi. 2005 yilda "Dunyoning eng yaxshi modeli" tanlovida ikkinchi o'rinni egalladi. 
Lekin yosh yigit har doim filmlarda ishtirok etishni xohlagan va u san'atni o'rganishga qaror qilgan. Burak modellik kariyerasiga parallel ravishda Istanbulda Marmara universiteti hamda tasviriy san'at fakulteti bo'yicha o'qishni tamomlagan. Shu bilan birga, Burak Ozcivit Turkiyada juda ham mashhur bo'lgan, u juda ko'p Evropa markalari bilan hamkorlik qilgan va modellar bozorida eng talabgor model bo'lgan. 
2006-yildan buyon u kino va televideniyada rol o'ynaydi. "Muhtesem Yuzy?l" va "Cal?kusu" seriallarida ishtirok etish Ozchivitga jahon mashhurligini keltirdi. 
2006-yilda Burak Minus 18 filmida kichik rol ijro etadi va rejissyor nazariga tushadi. Shundan so'ng uning omadi keladi. Burak 2007-yilda Qiynoqqa solingan er / Zoraki Koca filmida rol ijro etadi. Burak Ozchivit ushbu filmda bir badavlat va obro'li oilada o'sgan Umar, oilaning yagona merosxo'ri sifatida muhim rol o'ynaydi. Uning qahramoni osonlik bilan hamma narsani olish uchun ko'nikib qolgan bir boyvachcha yigit bo'ladi. Qimor uni shu xolatga olib keladi: u otasining pullarini yo'qotadi. Ota-onalar o'zlarining o'g'lining xatti-harakatlari bilan bezovtalanib, uni uylashga qaror qilishadi. Otasi biznesmen hamkorining qizi - Aisha ismli yosh, go'zal va kamtarin qizni tanlaydi. 
Burakning rollarida ko'p ochilmagan qirralari mavjud edi. Shundan so'ng, uni 2011-yilda Buyuk Asr / Muhtesem Yuz Yil serialiga taklif etishdi. Ushbu serialda Burak qo'mandon Bali og'a rolini ijro etdi. Ushbu serialni butun dunyo sevib tomosha qildi. Burakka esa ushbu rol butun dunyoga tanilishiga turtki bo'ldi. 2015-yilda esa Burak Sevgi iztirobi / Kara Sevda serialida bosh qaxramon Kemal Soydere rolini ijro etdi. Ushbu serial butun internetni larzaga keltirgan turk seriali hisoblanadi. Serialda Kemal oddiy oila farzandi bo'lib, keyinchalik esa muvaffaqqiyati tufayli bir kompaniya boshlig'i bo'lib ketadi. Sevgisi uchun kurashishga Istambulga qaytib keladi. 

Burak Ozchivit / Bali Bey (Muhtesem Yuz Yil)


Burak Ozchivit / Kemal Soydere (Kara Sevda / Sevgi iztirobi)


Burak Ozchivitning shaxsiy hayoti


Burak futbol va chiroyli avtomobillarni o'ynashni yaxshi ko'radi. Ingliz tilini yaxshi biladi. 2014-yilda Istanbulda "Balibey Doner" restoranini ochdi. Burak Ozchivit cheksiz qobiliyati va jozibasi bilan muxlislarni hayratga soladi. Yosh turk aktyori va modasi hali turmush qurmaganiga qaramay, jozibali ko'rinishga ega. Biroq so'nggi paytlarda ancha mashxur bo'lgan turk modellaridan biri Jeylan Capa bilan jiddiy munosabatlar mavjud. Burak uzoq vaqt davomida Jeylan Chapa bilan uchrashdi. 2015-yildan boshlab esa Fahriya Evgen bilan taklif etilgan roli tufayli tanishib qolishadi va ishqiy munosabat paydo bo'ladi. Burak Ozchivit Fahriya Evgan bilan 2017-yil 9-martda Germaniyada rasmiy nikohdan o'tishadi. To'y 2017-yil 29-iyun kuni Istanbulda bo'lib o'tdi. To'y Istanbuldagi Bogazici Bogaz?'n?n sohilidagi tarixiy mahallada Said Halim Pashada bo'lib o'tdi. 

Rol ijro etgan filmlari va seriallari

2006-yil | Minus 18 | Eksi 18 - Murat 

2007-yil | Zo'raki er | Zoraki Koca - Omer O'zpo'lat 

2007-yil | Infeksiyalangan | Musallat - Suat 

2008—2009-yil | Oilaviy uy | Baba Ocag? - Gyuven 

2010-yil | Xiyonat | Ihanet - Amir 

2010—2011-yil | Kichik sirlar | Kucuk S?rlar - Chetin Atesho'g'li 

2011—2013-yil | Buyuk asr | Muhtesem Yuzy?l - Malkochoglu Bali Bey 

2013—2014-yil | Choliqushi - qush qo'shig'i | Cal?kusu - Kamran 

2015-yil | Sevgi sen kabi | Ask Sana Benzer - Ali 

2015—2017-yil | Sevgi iztirobi | Kara Sevda - Kamol Soydere 

2016-yil | Mening akam | Kardesim Benim - Xakan 

Internetdagi original profillari

Faceboook / Burak Ozcivit
Twitter / Burak Ozcivit
Instagram / Burak Ozcivit

«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: ijodi va biografiyasi (Sevgi iztiro, Burak Ozchivit (Kamol Soydere) hayo

Похожие новости

    Реклама
    Реклама
    Популярные клипы
    Опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 15