Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» AQShning yuzlab oziq-ovqat do'konlari kassirlardan voz kechadi

Walmart va Kroger savdo tarmoqlariga qarashli do'konlar xaridorlari mobil ilovalar yordamida tovarlarning shtrix-kodlarini mustaqil ravishda skanerlash va bir urinishda xaridlar bilan hisoblasha olishadi. CNBC'ning xabar berishicha, endi navbat poylash va kassirlar xizmatlaridan foydalanishga hojat qolmaydi. 

Yangi servis Scan & Go nomini olgan bo'lib, u yanvar oyi oxiriga borib dunyoning eng yirik savdo tarmog'ining 100 ta oziq-ovqat do'konida paydo bo'ladi, 2018 yil oxiriga borib esa ularning soni 200 taga yetadi. Dastlabki sinovlar Walmart'ning 25 supermarketida o'tkazilmoqda. Xizmatdan foydalanish uchun Scan & Go ilovasini yuklab olish va xaridlar shtrix-kodlarini mustaqil ravishda skanerlash kerak. Shundan so'ng "To'lash" tugmasini bosishgina qoladi, do'kondan chiqishda esa qo'riqchilarga raqamli kvitansiyani ko'rsatishgina qoladi. 

Kroger oziq-ovqat giganti o'zining 400 do'konida shunga o'xshash tizimni joriy qilmoqchi. Uning Scan, Bag, Go platformasi nafaqat mobil ilova, balki supermarketda aravacha bilan birga beriluvchi portativ skaner yordamida ham shtrix-kodlarni skanerlash imkonini beradi. Xaridlar uchun o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish maxsus kiosklarida hisoblashish mumkin bo'ladi, u yerda darhol skanerlardan umumiy summa yechib olinadi. Keyinchalik biryo'la ilova orqali to'lash mumkin bo'ladi. 

Bunday tizim birinchi bo'lib o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi  Amazon Go do'konlar tarmog'ida o'ylab topilgan. U juda qulay. Buning uchun shunchaki smartfondagi ilovani ishga tushirish kerak bo'ladi, shundan so'ng sun`iy intellekt mijoz rastalardan oluvchi barcha tovarlarni hisoblaydi. Xaridor ketayotganida tizim pullarni avtomatik ravishda uning Amazon saytidagi hisobidan yechib oladi. Bunda  sun`iy intellekt aqlli kameralar, mashina ta`limi va ko'plab dastchiklarni ishga soladi. Natijada tizim alohida inson va u amalga oshirayotgan xaridlarni identifikatsiya qiladi. Shunday bo'lsa-da, texnik qiyinchiliklardan keyin kompaniya to'liq robotlashtirilgan do'konlar ochilishini kechiktirishiga to'g'ri keldi. 

«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: AQShning, kassirlardan, yuzlab, kechadi, voz, do'konlari, oziq-ovqat

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 16