Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» AQSh hududiga qulagan meteorit kichik zilzila keltirib chiqardi

AQShning Michigan shtatiga tushgan meteorit 2 magnitudali zilzila keltirib chiqardi. Bu haqda The Weather Network ma`lum qildi.

Meteoritning yerga tushishi osmonda yorqin chaqnoq va gumburlagan ovoz bilan kechgan.

AQSh meteorologik xizmati meteorit Detroytdan 65 km uzoqlikda joylashgan Nyu-Xeyven shahri yaqiniga tushganini tasdiqlagan.

AQShning meteoritlarni o'rganish jamiyati ma`lumotlariga ko'ra, AQShning 6 ta shtati va Kanadaning ba`zi hududlari aholisi meteorit tushishining guvohi bo'lganlar.

NASA Michiganga tushgan meteoritni o'rganayotganini ma`lum qilgan. Koinot agentligi bunday hodisalar juda kam yuz berishini va u shtat uchun "ulkan voqea” bo'lganini aytgan.

«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: hududiga, qulagan, AQSh, keltirib, meteorit, zilzila, kichik, chiqardi

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 16