Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» 2026 yilga borib yirik shaharlarda 2500 uchar taksi xizmat ko'rsatadi

Airspace Experience Technologies (AirSpaceX) kompaniyasi Detroytdagi avtosalonda vertikal parvoz va qo'nishni amalga oshiruvchi avtonom havo taksisining kichik nusxasini namoyish qildi. Bu taksi soatiga 400 kilometr tezlikda ikki yo'lovchini tashishga mo'ljallangan. New Atlas shu haqidagi xabari bilan bo'lishdi

Detroit Aircraft Corporation (DAC) bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan Mobi-One apparati yer usti shahar transportining ekologik sof va shovqinsiz muqobili bo'lishi kerak. Uning asosida iqtisodiy jihatdan foydali mahsulotni ishlab chiqarishni ta`minlovchi "bejirim avtomobil dizayni va seriyali ishlab chiqarish texnologiyasi" yotadi. 

Mobi-One uchar taksi to'rt elektromotorda havoga ko'tariladi va bu ishni vertolyotga nisbatan ancha shovqinsiz bajaradi. U 200 kg'gacha yuk tashishga  mo'ljallangan. Uning kreyserlik tezligi - 241 km/s, akkumulyatorning bir martalik zaryadida parvozning uzoqligi - 104 km'ni tashkil qiladi.

Uchar qurilma aviatsion elektron jihozlardan tashqari, keng tarmoqli internet aloqa, to'qnashuvlarning oldini oluvchi V2X tizimi va xavfsizlikni ta`minlovchi boshqa  vositalar bilan ta`minlangan. Mobi-One'dan yo'lovchi va yuklarni tashishdan tashqari, jabrlanganlar yoki bemorlarni favqulodda evakuatsiya qilish, razvedka yoki ilmiy tadqiqotlarga doir ma`lumotlarni to'plashda foydalanish mumkin.

Mobi-One uchar taksilarini ishlab chiqarishda Ford GT 2005 va 2006 bosh konstruktori Kamilo Pardo ishtirok etadi. To'liq hajmli versiya tez orada AQSh Federal Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi sertifikatsiyasidan o'tishi kerak. 

"Bizning maqsadimiz — 2026 yilga borib 50 yirik shaharda 2500 uchar apparatdan iborat flotni yo'lga qo'yish, - deya ma`lum qiladi AirSpaceX tijorat direktori Jyey-Pi Yorro. - MOBi rivojlanish dasturi kapital sig'imli bo'ladi, biroq havo transporti xizmat turi sifatida iqtisodiyotga milliardlar keltirishi mumkin". 

Yaqinda Las-Vegasda bo'lib o'tgan CES ko'rgazmasida Germaniyaning Volocopter kompaniyasi VC200 aerotaksisini namoyish etdi. U o'zining 18 vinti bilan ko'proq vertolyotni yodga soladi. Bunday uchar taksilar 2021 yildan boshlab Dubay aholisi va mehmonlarini tashiy boshlaydi. 

«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: xizmat, yilga, 2026, shaharlarda, 2500, uchar, borib, taksi, yirik, ko'rsatadi

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 16