Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Xarbiy askarlar uchun 14-yanvarga she'r
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz, 
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz, 
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan 
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR. 

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga, 
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga. 
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan, 
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR. 

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan, 
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR? 
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan, 
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan. 

Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz, 
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz. 
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan- 
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Xarbiy, She'r, uchun, Askarlar, 14-yanvarga

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 16