Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Insonlar
Izlaganda bahtini
Topolmagan insonlar
Yillab sevib sevgisiga
Yitolmagan insonlar

Sochlariga oq tushgan
Tugamagan nuqsonlar
Dardlarini ichida
Saqlab yurgan insonlar

Tunlari uxlamaydi
Bedor bo'lgan tuyg'ular
Zerikkan xayotidan
Ozor ko'rgan insonlar

Oyoqlarini yerdan
Uzgan ba'zi nodonlar
Kun keladi qaytadi
Qaro yerga insonlar

Gohida o'z o'zimni
Qiynaydi ko'p savollar
Nega bahtni pul bilan
O'lchab qoldi insonlar

Qishning sovuqlariday
Muzlab qoldi yuraklar
Bugun nurli ko'zlardan
Mehr ketdi insonlar

Birov yiqilsa yirga
Bo'lar elga kulgular
Qaylarda qolib ketdi
Insoniylik tuyg'ular

Dardkash izlab o'zimga
Keng dunyodan topmadim
Be mehrlar ko'p ekan
Yaqin inson topmadim

Yana qiynaydi meni
Javobi yo'q savollar
Axir yorug' dunyoga
Mehmonmizku insonlar

Otayu onanamizni
Asraylik ey odamlar
Ular ketsa qaytmaydi
Yagonadir u zotlar

Yuragim dardiga
Topmadim malham
Bu dunyo xamisha
Bo'lganku bir kam
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: insonlar

Похожие новости

    Реклама
    Популярные клипы
    Опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 16